Germaniyada 1-fevraldan boshlab mehnat bozoridagi inqiroz va iqtisodiyotni jonlantirish harakatlari fonida to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tish bo‘yicha tajriba loyihasi boshlanadi, deya xabar bermoqda “Bloomberg” nashri.
Qayd etilishicha, tajribada 45 ta kompaniya ishtirok etadi. Xodimlar bir xil ish haqini saqlab, bir kun kamroq ishlaydi. Tajriba olti oy davom etadi.
Uning maqsadi qisqaroq ish haftasi samaradorlikni oshiradimi yoki yo‘qligini aniqlashdir.
“Ishonchim komilki, yangi ishga sarmoya kiritish o‘z samarasini beradi, chunki u farovonlik, motivatsiyani va natijada samaradorlikni oshiradi”, dedi “Solidsense” kompaniyasi asoschilaridan biri Soren Frik.
“Bloomberg” ta’kidlaganidek, malakali ishchilarning yetishmasligi va yuqori inflyatsiya xodimlarni ish haqini oshirishga va pandemiya davrida erishgan moslashuvchanlik va mustaqillikni saqlab qolishga undadi.
Shu tariqa, poyezd mashinistlari “Deutsche Bahn” temir yo‘l konserni ish haqini saqlab qolgan holda ish haftasini 38 soatdan 35 soatga qisqartirishni talab qilib, olti kunlik ish tashlash e’lon qildi. Germaniya qurilish uyushmasi (930 ming ishchi) ish haqini 20% dan ortiq oshirishni talab qiladi.
O‘tgan yili sanoat kompaniyalari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, nemis kompaniyalarining yarmi bo‘sh ish o‘rinlarini qisman to‘ldirishga qodir emas.
Agentlikning ta’kidlashicha, “SAP SE” dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi 2022-yilda nomzodlardan ilmiy darajaga ega bo‘lishini talab qilishni to‘xtatdi.
Germaniyaning eng yirik ko‘chmas mulk operatori “Vonovia” o‘tgan yili ishchi kuchi tanqisligi bilan kurashish uchun Kolumbiyadan ishchi yollashga majbur bo‘ldi.
“Bloomberg"ning ta’kidlashicha, vaziyat faqat yomonlashadi va 2035-yilga kelib, Germaniya mehnat bozori aholining qarishi sharoitida tug‘ilish va immigratsiya bilan bog‘liq muammolar tufayli 7 mlndan ortiq odamni yo‘qotadi.
Yangi Zelandiyada joylashgan “4 Day Week Global” notijorat tashkilotiga ko‘ra, ishchilar kamroq ishlaydi va bir xil maosh olishiga qaramay, ularning mahsuldorligi barqaror bo‘lib qolishi yoki hatto oshishi kerak.
Bundan tashqari, kompaniyalar stress, kasallik va charchash tufayli ishdan bo‘shatishning qisqarishidan ham foyda olishlari kerak.
Germaniya Federal mehnat xavfsizligi va salomatligi instituti ma’lumotlariga ko‘ra, nemislar 2022-yilda o‘rtacha 21,3 kun ishsiz bo‘lgan, buning natijasida qo‘shilgan qiymat 207 mlrd yevroga qisqargan.