“Microsoft” “Activision Blizzard” va “Xbox"dagi 1900 nafar xodimini qisqartiradi, deb yozadi “The Verge” “Microsoft Gaming” bosh direktori Fil Spenserning ichki xatiga tayanib.
Qisqartirishlar “Microsoft"ning taxminan 22 000 kishilik o‘yin bo‘limining taxminan 9%ini tashkil qiladi.
Ishdan bo‘shatishlarning aksariyati video o‘yinlar ishlab chiqaruvchi “Activision Blizzard” kompaniyasiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, 2021-yilning kuzidan beri sho‘ba korxona prezidenti Mayk Ibarra ham kompaniyani tark etadi.
“Men bundan jabrlangan barchaga jamoalarga, “Blizzard"ga va o‘yinchilarning hayotiga qo‘shgan mazmunli hissalari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman”, deb yozgan Ibarra “X"dagi sahifasida.
“Shuningdek, bugun “Blizzard"dagi so‘nggi kunim ekanligini sizga ma’lum qilmoqchiman”, deb yozgan u.
“Microsoft” oktabr oyida “Activision Blizzard” $69 mlrdga sotib olgan edi. Tarmoq yetakchisi “Sony” bilan yaxshiroq raqobatlashish uchun “Call of Duty” kabi bestsellerlar bilan video o‘yinlar bozoridagi salmog‘ini oshirdi.
Avvalroq “Spot” “Microsoft” dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylangani haqida yozgandi.
Bungacha Apple ketma-ket ikki yil eng qimmat kompaniyalar reytingida birinchilikni egallab kelayotgandi.