O‘zbekistonliklar Bolgariyaga hamshiralik bo‘yicha ishga taklif etilmoqda, deya xabar berdi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.
Nomzodlar 22−55 yosh oralig‘ida bo‘lishi, rus tilini erkin muloqot darajasida bilishi hamshiralik bo‘yicha kamida 1 yillik ish tajribasi (tasqdiqlovchi hujjat bilan);
Shuningdek, sudlanmagan, xorijga chiqish taqiqlanmagan, jismonan va ruhan sog‘lom hamda zararli odatlardan holi bo‘lish talab etiladi.
Ish haqi oyiga $640ni tashkil etadi. Ish beruvchi kompaniya yotoqxona va transport xarajatlarini qoplab beradi.
Fuqaro hisobidan esa agentlik xizmati, o‘qitish va ko‘niktirish uchun BHMning 10 baravari (3,4 mln so‘m) hamda viza to‘lovi qoplanadi.
Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Bunda ro‘yxatdan o‘tish 50 kishiga yetsa to‘xtatiladi. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq O‘zbekiston Polshaning mehnat bozoriga kirish osonlashtirilgan davlatlar ro‘yxatiga kiritilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Mamlakatning Bog‘bonlar uyushmasi bilan O‘zbekistonni mazkur ro‘yxatga kiritish bo‘yicha Polsha parlamentiga tegishli murojaat yo‘llashga kelishildi.