Xitoyning “Haval” avtomobil ishlab chiqaruvchisi Rossiyada elektr simlari bilan bog‘liq muammolar tufayli 32,1 mingta avtomobilni chaqirib oladi. Bu haqda “vc.ru” nashri xabar berdi.

Bu qisqa tutashuv va ulagichning erishi xavfini keltirib chiqaradi, deb tushuntirdi Rosstandart. Muammoni bartaraf etish uchun kompaniya ulagichni bepul o‘zgartiradi.

Qaytarib olish 2022-yil 1-dekabrdan 2023-yil 27-dekabrgacha sotilgan 32156 ta “Haval F7” va “F7x” avtomobillariga taalluqlidir.

“Haval” kompaniyasining Rossiyadagi vakili “Haval Motor Manufacturing Rus” zarar ko‘rgan haydovchilarga transport vositasini telefon yoki pochta orqali eng yaqin dilerlik markaziga olib borishni maslahat beradi.

Shuningdek, avtomobil egalari mashina chaqirib olinishi kerak yoki yo‘qligini o‘zlari tekshirishlari mumkin.

Buni amalga oshirish uchun chaqiruv kampaniyalarini qidirishda VIN kodingni kiritish yoki uni Rosstandart veb-saytida e’lon qilingan fayl bilan solishtirish kerak.

“Havel Motor Manufacturing Rus” oldin ham Rossiyadan avtomobillarini modifikatsiya qilish uchun qaytarib olgan.

Shoshilinch qo‘ng‘iroq modulining yo‘qligi 2022-yil iyulidan 2023-yil iyunigacha ishlab chiqarilgan 55 ming “Haval F7”, “F7x”, “Jolion” va “Dargo” modellariga ta’sir ko‘rsatdi.


Avvalroq “Spot” “Honda” AQShdan 300 mingta “Tesla” esa 2 mln avtomobilni qaytarib olishi haqida yozgandi.