Ilon Maskning “Neuralink” kompaniyasi ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatdi. Bu haqda Maskning o‘zi “X” (avvalgi Twitter) sahifasida ma’lum qildi.
“Kecha birinchi odam „Neuralink“ implantini oldi, tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda”, deb yozgan Mask.
Qayd etilishicha, “Neuralink” kompaniyasining birinchi mahsuloti “Telepatiya” deb nomlanadi.
Texnologiya lateral amyotrofik skleroz va boshqa kasalliklarga chalingan bemorlarga muloqot qilishda, internetdan foydalanishda, kompyuterni fikr kuchi bilan harakatlantirishda yordam berishi kerak.
“Birinchi foydalanuvchilar o‘z oyoq-qo‘llarini boshqarish qobiliyatini yo‘qotganlar bo‘ladi. Tasavvur qiling, Stiven Xoking mashinist yoki auksionchiga nisbatan tezroq muloqot qila olsa. Maqsad shu”, — deydi Mask.
2023-yil sentabrida “Neuralink” mustaqil ekspertlar kengashidan sinov uchun ruxsat oldi va ko‘ngillilarni qidirishni boshladi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, to‘liq tadqiqot taxminan olti yil davom etadi. Jarrohlikdan so‘ng “Neuralink” mutaxassislari bemorni jarayonni va chipning ishlashini ta’minlash uchun kuzatadilar. Besh yil davomida 20 ta tekshirish rejalashtirilgan.