2023-yilning dekabrida Eron hukumati o‘zbekistonliklar uchun viza rejimini bekor qilgandi.
Eron O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rejimini bir tomonlama bekor qilmoqda, deb xabar berdi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alirizo Bigdeliga tayanib, “IRNA” nashri.
Unga ko‘ra, joriy yilning 4-fevralidan o‘zbekistonliklar Eronga vizasiz kirishlari mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, 27ta davlat rezidentlari uchun ham viza talablari bekor qilinmoqda. Bular qatorida Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Bahrayn, Quvayt, Qirg‘iziston, Tunis, Tanzaniya, Mavritaniya, Zimbabve, Mavrikiy, Seyshel orollari, Yaponiya, Indoneziya, Singapur, Kuba, Vetnam, Kambodja, Bruney, Braziliya, Meksika, Peru, Xorvatiya, Serbiya, Bosniya va Gersegovina, Belarus hamda Hindiston (faqat havo yo‘llari orqali) bor.
Eronning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida Tojikiston, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Afg‘onistondan kelgan sayyohlar soni 55%ga oshib, 1,1 mlnga yetgan.
O‘tgan yilning sentabrida O‘zbekiston va Eron o‘rtasida tadbirkorlar va ilmiy doiralar vakillari hamda sayyohlik guruhlari uchun viza olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Joriy yilning oktabrida Ezatulloh Zarg‘amiy O‘zbekistonga viza rejimini bekor qilish bo‘yicha kelishuv tuzishni taklif qildi.
Eron 60ta mamlakat fuqarolari uchun viza tartibini yengillashtirish, jumladan, viza tartibini bir tomonlama bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘lgandi.
2024-yilning 16-fevralidan BAA o‘zbekistonliklar uchun viza talablarini bekor qiladi.