“Mercedes-Benz” kompaniyasi Dubayda $1 mlrdga hashamatli minora quradi. Bu haqda “New York Post” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur hashamatli turar-joy minorasidagi kvartiralarning har biri $10 mlngacha turadi.

Osmono‘par bino “Mercedes-Benz Places” deb nomlangan. Avtomobil kompaniyasi loyihani amirlik ishlab chiqaruvchisi “Binghatti” yordamida amalga oshirmoqda.

65 qavatli bino Dubayning gavjum markazidan taxminan 341 m balandlikda ko‘tariladi va 2026-yilning to‘rtinchi choragida qurib bitkaziladi.

“Unda $2,7 mlndan boshlanadigan 150 ta kvartira joylashgan bo‘lib, ulardan dunyodagi eng baland minora — 828 metr balandlikdagi Burj Xalifa manzarasi ko‘rinadi, deyiladi “Mercedes” veb-saytida.

Nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisining birgalikda ishlab chiqish haqidagi e’loniga ko‘ra, o‘ziga xos elliptik tashqi ko‘rinishi zamonaviy Mercedes-Benz avtomobillarining silliq chiziqlariga o‘xshash shisha korpusli “Mercedez-Benz Places” kompaniyaning dunyodagi eng orzu qilingan avtomobil brendi sifatidagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan strategiyasini ta’kidlash uchun mo‘ljallangan.


Avvalroq “Spot” “Mercedes-Benz” yangi ovozli yordamchisini taqdim etgani haqida yozgandi.

Ovozli yordamchi haydovchi va foydalanuvchilar bilan muloqotga kirishadi hamda maslahatlar beradi.