“PayPal” xalqaro to‘lov tizimi 2500 nafar xodimini ishdan bo‘shatadi, bu uning ishchi kuchining taxminan 9%ini tashkil qiladi.
“PayPal” bosh direktori Aleks Kris tomonidan imzolangan qisqartirishlar haqidagi xat “CNBC” tomonidan chop etildi.
Kris ishdan bo‘shatishni kompaniya samaradorlikka e’tiborini kuchaytirishi, avtomatlashtirishni kengaytirishi va texnologiyalarni birlashtirishi kerak deb tushuntirdi.
Biroq, “PayPal” biznesning o‘sishni ta’minlaydigan ayrim sohalariga sarmoya kiritishda davom etadi.
Hozirgi xodimlarni ishdan bo‘shatishdan tashqari, kompaniya ochiq lavozimlarni qisqartiradi.
Jarayon bir yil ichida yakunlanadi. Ishdan bo‘shatilganlar bir hafta ichida bildirishnomalarni oladilar.
2023-yil fevral oyida “PayPal” qiyin makroiqtisodiy sharoitda xarajatlarni to‘g‘rilash uchun 2000 nafar xodimni yoki ishchi kuchining 7%ini ishdan bo‘shatishini e’lon qildi.
Avvalroq “Spot” “Microsoft” 1900 nafar xodimini ishdan bo‘shatishi haqida yozgandi.
Qisqartirishlar “Microsoft"ning taxminan 22 000 kishilik o‘yin bo‘limining taxminan 9%ini tashkil qiladi.