O‘zbekiston FinTech Assotsiatsiyasi tadbirkor ayollar uchun “WE FinTech” treninglarning ikkinchi to‘lqiniga arizalar qabul qilmoqda.

Dastur O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistonda ayollar va qizlarni biznes va elektron tijorat ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan. Uni tashkil etishda USAIDning “Tadbirkorlik va biznes muhitini rivojlantirish loyihasi” ishtirok etmoqda.

Loyiha tashkilotchilari eng faol bitiruvchilarga grantlar taqdim etadi. Ular biznesni yanada rivojlantirish, marketingni amalga oshirish yoki xom ashyo va mahsulotlarni xarid qilishga sarflanishi mumkin.

Kurslar davomida quyidagi mavzular yoritiladi:

  • elektron tijoratga kirish;
  • onlayn tizimda o‘z o‘rnini topish;
  • tahliliy yechimlar bilan ishlash;
  • mahsulot xarid qilish;
  • mahsulot kartasini to‘ldirish.

Birinchi mashg‘ulot 14-fevral kuni Toshkentda rus tilida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, 21 va 22 fevral kunlari Marg‘ilon va Andijon shaharlarida o‘zbek tilida o‘tkaziladi.

Treninglarda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Avvalroq Xotin-qizlarni hunarmandchilikka o‘rgatish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan moliyalashtirilishi ma’lum qilingandi.