Joriy yilning 23-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar uchun barqarorlik reytingini joriy etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Tizim 1-fevraldan ishga tushirilib, unda tadbirkorlar faoliyati umumiy, ballarni kamaytiruvchi hamda qo‘shimcha ball beruvchi mezonlar bo‘yicha baholanadi.
Hukumatning 30-yanvardagi qarori bilan reytingni aniqlash to‘g‘risidagi nizom va buning uchun qo‘llaniladigan mezonlar uch toifaga bo‘lingan holda tasdiqlandi.
Xususan, barqarorlik reytingini hisoblashda 23ta mezon, jumladan, 9ta jarima va 4ta rag‘batlantirish qo‘llaniladi.
Reyting Soliq qo‘mitasining “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” platformasida avtomatik shakllantirilib, Savdo-sanoat palatasi saytida e’lon qilib boriladi.
Umumiy mezonlar
Birinchi o‘nta mezon hamma uchun umumiy asosda baholanadi. Ushbu toifadagi maksimal ball — 100.
№ | Mezon | Ballar |
1 | Ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan boshlab kompaniyaning faoliyat muddati | Har bir yil uchun 2 ball (maksimal — 10) |
2 | Xalqaro standartlarga muvofiq hisobotni hisobga olgan holda EBITDA (foizlar, soliqlar va amortizatsiyadan oldingi daromadlar) bo‘yicha rentabellik darajasi | 25−50% — 2; 50−70% — 5; 70%dan ortiq — 10. |
3 | Foydalanilayotgan ko‘chmas mulk yoki yer uchastkalari (shu jumladan, uzoq muddatli ijaraga berilgan yerlar), | mulk huquqi uchun — 10; ijara uchun — 7. agar ular mavjud bo‘lmasa va tadbirkor ko‘rsatilgan manzilda ishlamasa — minus 5; |
4 | Bir xodimning ish haqi jamg‘armasidagi ulushining tarmoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbati | 100% yoki undan ko‘p — 10; 75−99% — 8; 50−75% — 6; 25−50% — 4; 25%dan kam — 2; |
5 | Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etish | O‘z vaqtida — 10. |
6 | Hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash | O‘z vaqtida — 10. |
7 | Soliqlarni to‘lov yoki inkasso topshiriqnomasi asosida to‘lash | 10 (agar inkasso orqali bo‘lsa, minus 5); |
8 | Belgilangan muddatda yetkazib berilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalarni ro‘yxatdan o‘tkazish | 100% — 10; 75−99% — 7; 50−75%- 5; 25−50% — 2; 25%dan kam — 1. |
9 | EHF doirasida sotib olingan tovarlarni (shu jumladan qayta ishlangan) sotish | 70%dan ortiq — 10; 50−70% — 5; 30%dan kam — minus 5 |
10 | Auditdan oldingi tahlilda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish | kamchiliklar yo‘q — 10; xatolarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish — 7; tuzatilmagan — minus 5. |
Ballarni kamaytiruvchi mezonlar
Gap qonuniy talablarni buzish holatlari, shuningdek, boshqa shubhali harakatlar haqida ketmoqda.
№ | Mezon | Ballar |
1 | So‘nggi 12 oy ichida kompaniyaning ro‘yxatdan o‘tgan joyini ikki martadan ko‘p o‘zgartirish | -5 |
2 | So‘nggi 12 oy ichida kompaniya direktorini ikki martadan ko‘p o‘zgarishi | -5 |
3 | Oxirgi 3 yil ichida kompaniya direktori yoki ta’sischisining jinoiy hukmi yoki bankrotligi | -5 |
4 | Avval taqdim etilgan soliq hisobotlariga o‘zgartirishlar kiritish | bir o‘zgartirish uchun -1 ball (maksimal 5) |
5 | QQS to‘lovchi sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish yoki bekor qilish | -10 |
6 | Soliq qarzlarini mol-mulk hisobidan undirish (jarima to‘langanidan keyin olib tashlanadi) | -5 |
7 | Soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikka tortish | ma’muriy — 2; jinoiy — 5. |
8 | MXIKdan noto‘g‘ri foydalanish (oyiga 1 martadan ortiq) | -5 |
9 | Kreditorlik qarzlarini undirish bo‘yicha sud jarayonlari (12 oy ichida bir martadan ortiq) | -10 |
Qo‘shimcha ball beruvchi mezonlar
№ | Mezon | Ballar |
1 | Xodimlar orasida muhtojlarning (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “temir”, “ayollar”, “yoshlar” daftarlaridagi), shuningdek, nogironligi bo‘lganlarning ulushi. | 20%dan ortiq — 10; 10−20% — 5. |
2 | Eng kam ish haqidan yuqori ish haqi oladigan xodimlar sonining yillik o‘sishi (yangi kompaniyalar uchun dinamika oldingi oyga nisbatan ikkinchi oydan boshlab hisoblanadi) | 50%dan ortiq — 15; |
3 | O‘rtacha sanoat ko‘rsatkichiga nisbatan katta miqdorda QQS to‘lash (QQS to‘lovchilar uchun oyiga kamida BHMning 10 barobari) | 10 |
4 | O‘rtacha sanoat ko‘rsatkichiga nisbatan katta miqdordagi aylanma solig‘ini to‘lash (aylanma soliq to‘lovchilar uchun oyiga kamida BHMning 1 barobari) | 10 |
Shavkat Mirziyoyev 15-yanvar kuni mamlakatda tadbirkorlarning barqarorlik reytingini joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi.