“WhatsApp” messenjeri “Apple” qurilmalari foydalanuvchilariga profillarga parolsiz kirishga yordam beradigan yangi funksiyani sinovdan o‘tkazmoqda.

Parolsiz autentifikatsiya tizimi (passkey) tufayli barmoq izi (Touch ID), yuzni skanerlash (Face ID) yoki PIN-kod yordamida tizimga kirish mumkin.

Kirish kalitlarini sozlash uchun yangi menyu iPhone uchun WhatsApp-ning so‘nggi beta-versiyasida paydo bo‘ldi.

apple, iphone, parolsiz, whatsapp

Ayni paytda funksiya ishlamayapti, ammo yaqin kelajakda taqdim etilishi kutilmoqda.

Android qurilmalari uchun shunga o‘xshash xususiyat 2023-yil oktyabr oyidan beri ishlaydi.

“Passkey” standarti hozirda texnologiya kompaniyalari orasida faol ishlab chiqilmoqda va oddiy parollarga qaraganda ancha xavfsizroq hisoblanadi.

Ilgari “Amazon” onlayn-do‘kon veb-sayti va mobil ilovasida avtorizatsiya uchun kalitni qo‘shdi.

Shuningdek, “Google” foydalanuvchilarga standart parollarsiz autentifikatsiyani o‘rnatishni taklif qila boshladi.


Avvalroq “Spot” “X” ijtimoiy tarmog‘i iPhone egalariga akkauntlariga parolsiz kirish imkonini bergani haqida yozgandi.

Bunda akkauntga parolsiz autentifikatsiya tizimi (passkey) tufayli barmoq izi, yuzni skanerlash yoki PIN-kod yordamida tizimga kirish mumkin.

Shuningdek, “Yandex” xizmatlariga rasm yordamida parolsiz kirish imkoniyati paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Foydalanuvchilar undan bir martalik kod yoki QR-kod yordamida tizimga kirish o‘rniga foydalanishi mumkin.