“Google” asoschilaridan biri Larri Peyj Karib dengizidagi Puerto-Riko yaqinidagi Kayo Norte orolini sotib oldi. Bu haqda “Business Insider” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, Peyj orolni 2018-yilda $32 mlnga sotib olgan. Kayo Nortening maydoni 1,2 kvadrat kilometrni tashkil qilib, bu Puerto-Rikodagi eng katta xususiy orol hisoblanadi.
Peyj 2019-yilda “Google” kompaniyasiga tegishli “Alphabet” korporatsiyasining bosh direktori lavozimidan ketdi.
U hali ham uning direktorlar kengashida ishlaydi, ammo kompaniya hayotidagi faol ishtirokidan uzoqlashdi.
“Business Insider” ma’lumotlariga ko‘ra, Kayo Norteni sotib olish Peyjning bunday birinchi xaridlari emas.
U allaqachon beshta orolga, shu jumladan 2014-yilda $23 mlnga sotib olgan Kayo Norte yaqinidagi ikkita orolga va Fidji arxipelagining bir qismi bo‘lgan Tavarua oroliga egalik qiladi.
Nashrning xabar berishicha, Peyj orollarni unga va uning rafiqasiga tegishli bo‘lgan “U.S. Virgin Island Properties” kompaniyasi orqali sotib oladi.
Avvalroq “Spot” Mark Sukerberg Gavayida maxfiy yerosti bunkeri qurmayotgani haqida yozgandi.
Qiymati $270 mlnga baholanayotgan 560 gektar maydondagi majmuada 12 dan ortiq bino va yer osti boshpanasi quriladi.