1-apreldan QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, quyidagilar uchun QQS to‘lanadi.
Savdo aylanmasi bo‘yicha:
- tibbiy xizmatlar;
- veterinariya xizmatlari;
- dori vositalari;
- veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar.
O‘zbekiston hududiga olib kirishda:
- dori vositalari;
- veterinariya dori vositalari;
- tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar;
- shuningdek qonunchilikda belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan xomashyo.
Aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha:
- suv ta’minoti;
- kanalizatsiya;
- sanitariya jihatdan tozalash;
- issiqlik ta’minoti.
Avval ushbu xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha aylanmaga QQSning nol darajali stavkasi qo‘llanilgan.
Avvalroq “Spot” 1-apreldan chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari narxiga QQS hisoblanishi haqida yozgandi.
Endilikda aholi va tadbirkorlar uchun amaldagi xizmat qiymatiga nisbatan 12% miqdorida qo‘shilgan qiymat solig‘i belgilanadi.