“Brand Finance Global 500” tahlilchilari yangi bozor tadqiqotlarini e’lon qildi, deya xabar bermoqda Bu haqda “hi-tech.mail” nashri.
“Apple” 2024-yilda eng qimmat kompaniyalar reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Uning qiymati yil davomida 74%ga oshdi va $516,6 mlrdni tashkil etdi.
“Apple strategik diversifikatsiya va premiumizatsiya orqali o‘z brendi qiymatini oshirdi, iPhone savdosiga qattiq bog‘liqlikdan voz kechdi va „Apple TV“ obunalari kabi taqiladigan qurilmalar va xizmatlar biznesiga o‘tdi”, — dedi Devid Xey, “Brand Finance” raisi va bosh direktori.
2023-yilda yetakchi bo‘lgan “Amazon” uch pog‘ona pastlab, to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi. Yil davomida brend narxi qariyb 3%ga — $308,9 mlrdga qimmatlashgan.
“Microsoft” yaxshi o‘sishni ko‘rsatib, kompaniya ikki pog‘onaga ko‘tarildi. Bunga qiymatning 78%ga oshishi ($340,4 mlrdgacha) yordam berdi.
Uchinchi o‘rinda, avvalgidek, qiymati 18,5%ga ($333,4 mlrdgacha) oshgan “Google” joylashgan.
Mutaxassislar “Tesla” bilan o‘zgarishlarni alohida qayd etishdi. Brend narxi 12%ga ($58,3 mlrdgacha) arzonlashdi, buning natijasida u reytingdagi 9-o‘rindan 18-o‘ringa tushdi.
Avvalroq “Spot” “Apple” yana dunyoning eng qimmat brendiga aylangani haqida yozgandi.
Undan keyingi o‘rinda “Microsoft” korporatsiyasi va “Amazon” kompaniyasi turibdi.