“Yandex N.V.” Rossiyadagi biznesini investorlar konsorsiumiga sotdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, 2024-yil 31-iyulgacha u o‘z nomini o‘zgartiradi va “Yandex” brendlaridan foydalanishni to‘xtatadi.
475 mlrd rubl miqdoridagi bitim “adolatli qiymat"ga kamida 50% majburiy chegirmani hisobga oladi, ularsiz hukumat komissiyasi uni tasdiqlamaydi.
“Yandex N. V."ning bozor kapitallashuvi “Mosbirja"ning 2023-yil noyabr, dekabr va 2024-yil yanvar oyidagi o‘rtacha ma’lumotlari asosida taxminan $10,2 mlrd (taxminan 918 mlrd rubl, Rossiya Markaziy bankning 2024-yil 31-yanvardagi kursi bo‘yicha)ni tashkil etdi.
Yangi bosh kompaniya “Yandeks” xalqaro kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati bo‘ladi — uning aksiyalari Moskva birjasida sotiladi. Artyom Savinovskiy Rossiya kompaniyasining bosh direktori bo‘lib qoladi.
Bitimga “Yandeks"ning xorijiy “Nebius” (bulutli texnologiyalar), “Toloka” (ma'lumotlarni belgilash), “Avride” (dronlar), “TripleTen” (ta'lim xizmatlari) va Finlyandiyadagi ma’lumotlar markazidan tashqari barcha bizneslari kiritilgan.
“Yandex N. V.” 2024 yil oxirigacha “Yandex” texnologiyalarining bir qismidan foydalanish uchun cheklangan huquqlarga ega bo‘ladi.
Qayd etilishicha, “Yandex N. V.” shtatida xalqaro loyihalarni ishlab chiqish uchun 1300 kishi qoladi.