Markaziy bank joriy yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 5,5−6%ga o‘sishini kutmoqda. Bu haqda pul-kredit siyosati bo‘yicha regulyator sharhida keltirilgan.

Davom etilayotgan tarkibiy islohotlar iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishi mumkin. Xususan, bunda qo‘shilgan qiymat va mehnat unumdorligini oshirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish .

Oltinni hisobga olmaganda eksport tushumlari 10−12%ga o‘sishi prognoz qilinmoqda. Buni paxta va uranga jahon narxlari dinamikasi, shuningdek, mis va rux qazib olish hajmining oshishi ham yordam berishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, import xarajatlarining o‘sishi, birinchi navbatda, yuqori baza effekt tufayli mashina va uskunalar uchun sekinlashishi mumkin. Import qilinadigan tovarlarni tashish uchun xarajatlarning oshishi xavfi saqlanib qolmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, neft va tabiiy gazning jahon narxlari asta-sekin pasayadi. Biroq, ular geosiyosiy vaziyatning yangi keskinlashuvi, shuningdek, sovuq ob-havo tufayli yuqoriga surilishi mumkin.

Xitoy iqtisodiyoti sekinlashishi fonida mis narxi ham pasayishi kutilmoqda, ammo ta’minot muammolari va dollarning zaiflashishi mis narxlarining biroz o‘sishiga olib kelishi mumkin.

Oltinga bo‘lgan talab yuqoriligi ular narxining oshiruvchi omili bo‘lib qolishi prognoz qilinmoqda hamda oltinning o‘rtacha narxi 1 troya unsiyasi uchun $2000 atrofida shakllanishi kutilyapti.

Jahon banki 2022-yildagi keskin o‘sishdan so‘ng asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asta-sekin pasayishini kutmoqda. Noqulay ob-havo, energiya narxining oshishi va savdo cheklovlari oziq-ovqat narxlari oshishiga asosiy xatarlar bo‘lmoqda.

AQSh va Yevrohudud davlatlarida o‘sish mos ravishda 2,1% va 0,9% gacha tezlashishi kutilmoqda. Biroq, qattiq pul sharoitlari va talabning pasayishi hisobga olinsa, ko‘rsatkichlar kutilganidan kamroq bo‘ladi.

Iqtisodiy pasayish O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari — Qozog‘iston, Turkiya va Xitoyga ham ta’sir qilishi mumkin. Mudofaa sanoati va import o‘rnini bosish hisobiga o‘sish qisqa muddatli prognozlarni qayta ko‘rib chiqishga undagan Rossiyada esa prognozlar yuqorilash tomonga o‘tgan.

Avvalroq to‘rtinchi chorakda Markaziy bankning sof valyuta intervensiyalari qariyb uch barobarga oshgani haqida xabar berilgandi.