2023-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Xitoydan mobil telefonlar importini 40%dan ko‘proqqa oshirdi, Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlarida keltirilgan.
O‘tgan yili mamlakatga 3,4 mln dona mobil telefon olib kelingan, natijada ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan 476 mingtaga oshgan. Import hajmi 20%ga — $199 mlndan $240,1 mlngacha oshdi.
O‘zbekistonga eng ko‘p mobil telefonlar import qilingan mamlakatlar qatorida 3,1 mln dona qurilma bilan Xitoy birinchi o‘rinni egalladi.
Bunda 2022-yil bilan taqqoslaganda, Xitoyning mamlakatga umumiy mobil telefon importidagi ulushi 75,8%dan 91,1%gacha o‘sdi.
Ikkinchi o‘rinni Vetnam egalladi, mamlakatdan yetkazib berish 27%ga oshirilib, 276,8 ming donaga yetdi.
Ilgari ikkinchi o‘rinni egallab turgan BAA mamlakatga mobil telefon yetkazib berishni qisqartirib, importni 31,7 barobarga — 7,8 ming donaga kamaytirdi.
Eksportning besh barobar kamayganiga qaramay, Hindiston 37 ming donadan ortiq mobil telefon bilan yetkazib beruvchilarning kuchli uchligiga kirdi.
Avvalroq O‘zbekiston Xitoydan avtomobil importini besh barobarga oshirgani haqida xabar berilgandi.