Hozirgi raqamli texnologiyalar asrida mamlakatning moliya sektorida ham katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. Bunga yaqqol misollardan biri — O‘zbekistonda onlayn-depozitlarning paydo bo‘lishi. TBC Group Uzbekistan kompaniyasining tijorat direktori Nika Gvaberidze, shuningdek, TBC Bank Uzbekistan boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosari va ehtimoliy xavflar bo‘yicha direktori Hikoyat Dadaboyeva mazkur mavzu yuzasidan o‘z fikrlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Onlayn-depozitlarni ishga tushirishdagi to‘siqlar va ilgarilishlar

reklama Nika Gvaberidze,
TBC Group Uzbekistan tijorat direktori.


O‘zbekistonda onlayn depozitlarni ishga tushirish oson vazifa emasdi. Asosiy muammo ilgaridan o‘rnashib qolgan tushunchalarni o‘zgartirishda edi. Odamlar bank shoxobchasiga kelib, ustiga-ustak, allaqancha hujjatlar va naqd pullarni ham keltirib depozit ochishga o‘rganib qolishgandi. Bizning maqsadimiz esa oddiy va qulay bo‘lgan raqamli mahsulotni yaratish edi. Toki, depozitni to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfon orqali, inson faktorini aralashtirmasdan, ortiqcha qog‘ozbozliksiz va naqd pullarsiz “shu yerda va hozir” olish mumkin bo‘lsin.

Biz duch kelgan ishonchsizlikdan tashqari, mamlakatning hamma joyiga internet yetib bormagan bir sharoitda endigina rivojlanib kelayotgan raqamli muhitda raqamli mahsulotni to‘liq joriy etishda ham qiyinchiliklar bo‘ldi.

Biz O‘zbekistonning salohiyatiga, raqamlashtirish borasida unda mavjud imkoniyatlarga ishondik. Shuningdek, moliya bozorida to‘liq raqamlashtirilgan, shaffof va ishonchli depozit hamda omonat hisobini ilk bor taklif etuvchilar sifatida mijozlarning eskirgan tushunchalarini o‘zgartirish va ularning ishonch darajasini oshira olishimizga amin edik.

Biz qarshimizdagi to‘siqlarni o‘zimiz uchun afzalliklarga aylantirishga erishdik. Bunda, jumladan, bizga ishonch bildirgan va bizga ergashgan mijozlarimizning xizmati beqiyos.

An’anaviy uslubdan raqamli uslubga o‘tish: onlayn-depozitlarning afzalliklari

Depozit ochishda an’anaviy uslubdan onlayn depozitlarga o‘tish ko‘plab afzalliklarga ega:

  1. Qulaylik: siz TBC UZ ilovasidan foydalanib, o‘z smartfoningiz orqali bor-yo‘g‘i bir necha daqiqa ichida depozit olishingiz mumkin. Onlayn depozitlar har qanday geografik cheklovlardan xoli. Uyingiz yoki ofisingizdan chiqishingiz, bank filialiga tashrif buyurishingiz, uzun navbatlarda turishingizga hojat yo‘q. Bu bilan siz o‘z vaqtingizni tejaysiz.
  2. Ochiqlik va 24/7 rejimda nazorat: siz hisobingizni istalgan vaqtda, istalgan joydan turib, jumladan dam olish kunlari va bayram sanalarida ham boshqara olasiz. Istaganingizcha pul vositalarini o‘tkazib, kirim-chiqimlar tarixini kuzatish va boshqa amaliyotlarni bajarishingiz mumkin. Bunday moslashuvchanlikni an’anaviy rejimda ishlovchi bankning xizmatlari ro‘yxatida topish qiyin.

O‘zbekistonda onlayn-depozitlarning istiqboli

O‘zbekistonda onlayn depozitlar salohiyatli istiqbolga ega. Ularning qamrovi tobora kengayaveradi.

Bunda raqamli savodxonlik darajasining o‘sishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Moliyaviy tartibga soluvchilar raqamli banklar qamrovi kengayishi va raqamli mahsulotlar bozorini rivojlantirishga yordam beradi. Davlat va tartibga soluvchi idoralarning bunday ko‘magi juda muhim.

Raqamli moliyaviy xizmatlarga nisbatan ishonch ortib borgani sayin onlayn depozitlarning ommalashuvi va keng yoyilishi kuzatiladi. Axir hech kim raqamli banklar mavjud bo‘lgan va ular qulay imkoniyatlarni taklif etib turgan bir paytda, qimmatli vaqtini uzun navbatlarda va qog‘ozbozlikda o‘tkazishni, naqd pullarni ko‘tarib yurishni istamaydi.


Onlayn-depozitlarning xavfsizligi

reklamaHikoyat Dadabayeva,
TBC Bank Uzbekistan`ning boshqaruv kengashi raisi o‘rinbosari va ehtimoliy xavflar bo‘yicha direktori.


Xavfsizlik — onlayn depozitlar haqida so‘z ketganda eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi. TBC Bank Uzbekistan doirasida biz bu jihatga katta e’tibor qaratamiz.

Diqqatimizni jamlagan birinchi jihat — bu ko‘p bosqichli xavfsizlik tizimi. Biz zamonaviy shifrlash texnologiyalaridan, shuningdek, akkauntlarga kirish va tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun ikki faktorli autentifikatsiyadan foydalanamiz. Bu choralar sanksiyalanmagan kirishlar va moliyaviy firibgarliklardan himoyani ta’minlaydi.

Ikkinchi muhim jihat — mijozlarimizning moliyaviy savodxonligi. Biz mijozlarimizning Internet tarmoqlaridan foydalanishda ehtiyotkorlik choralaridan xabardorligini oshirish uchun doimiy ravishda axborot kampaniyalari o‘tkazamiz. Masalan, fishing hujumlaridan qanday saqlanishni o‘rgatamiz.

Bizning xavfsizlikni ta’minlash va tizimlarni muntazam takomillashtirib borish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimiz mijozlarimizning bizga nisbatan ishonchi asosidir. Ana shu ishonch onlayn depozitlarning muvaffaqiyatida hal qiluvchi sabablardan biri ekanini biz yaxshi tushunamiz. Shu bois mijozlarimizga nafaqat qulay, balki eng himoyalangan xizmatlar taqdim etish ustida izlanishda davom etamiz.


Quyidagi mavzuda TBС Group Uzbekistan bosh direktori Nika Kurdiani O‘zbekistonda fintex-industriya taraqqiyoti haqida Retail Central Asia PLUS-forumida soʼzlab berdi.

Reklama huquqlari asosida.