Fuqarolar Yaponiyaga qurilish va ishlab chiqarish sohalarida ishga taklif etiladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matuot xizmati xabar berdi.

Qurilish sohasi

Qurilish sohasida o‘zbekistonliklar kafel terish, opalubka, qurilish havozalarini o‘rnatish bo‘yicha ishlarga ariza jo‘natishlari mumkin.

Nomzodlarga 18−30 yosh oralig‘ida bo‘lishi, yapon tilini N5 yoki undan yuqori darajada bilishi, maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo‘lishi kerak.

Shuningdek, sudlanmagan va sog‘lom, kamida 3 yillik mehnat shartnomasi asosida ishlashga tayyor bo‘lishi zarur.

Oylik maosh $1500dan boshlanadi hamda ishchilarga ish haqi Yaponiya iyenasida to‘lanadi.

Oylik maoshdan chegirma va ushlanmalar:

  • Soliqlar uchun — 4 270 iyena;
  • Ijtimoiy sug‘urta uchun — 32 452 iyena;
  • Mehnat sug‘urtasi uchun — 1 311 iyena;
  • Turar joy uchun — 28 ming iyena;
  • Kommunal to‘lovlar uchun — 2 ming iyena.

Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Ishlab chiqarish sohasi

Ishlab chiqarish sohasidagi (mebelsozlik) ishlarga ham o‘zbekistonliklardan arizalar qabul qilinmoqda.

Oylik maosh $1100dan boshlanib, Yaponiya iyenasida to‘lanadi.

Nomzodlarga 18−50 yosh oralig‘ida bo‘lish, Yapon tilini N5 yoki undan yuqori darajada bilish, maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo‘lish talabi qo‘yilgan.

Shu bilan birga, sudlanmagan va sog‘lom bo‘lish, kamida 3 yillik mehnat shartnomasi asosida ishlashga tayyorgarlik talab etiladi.

Oylikdan chegirma va ushlanmalar:

  • Turar joy uchun — 20 ming iyena;
  • Kommunal to‘lovlar uchun — 9 ming iyena;
  • Soliqlar uchun — 5 ming iyena;
  • Ijtimoiy sug‘urta uchun — 25 ming iyena;
  • Mehnat sug‘urtasi uchun — 1 ming iyena.

Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Fuqarolar ish beruvchi bilan suhbat asosida ishga qabul qilinadi. Tanlov kuni va vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Har ikki ish bo‘yicha ish vaqti haftasiga 40 soatni tashkil etib, qo‘shimcha ish soatlari uchun alohida ustama haq to‘lanadi.

Ish beruvchi tomonidan O‘zbekistondan Yaponiyagacha bo‘lgan aviachipta yo‘l kira haqi, aeroportdan kutib olib yashash joyigacha kuzatib borish xizmati qoplab beriladi.

Yuqoridagi ishlar borasida 71−202−33−55 (ichki raqam 41, 42), 1282 qisqa raqamiga murojaat qilish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish har bir soha bo‘yicha 500 nafar nomzodga yetganda to‘xtatiladi.