“WhatsApp” messenjeri tez orada Yevropa Ittifoqidagi boshqa messenjerlar bilan xabar almashish imkonini beradi. Bu haqda “The Wired” nashri xabar bermoqda.
Messenjer texnik direktori Dik Brauer bu kelishuvlar imzolangan va xavfsizlik protokollariga rioya qilingan taqdirdagina amalga oshishini aytdi.
“WhatsApp” bu funksiyani Yevropa Ittifoqida kuchga kiradigan “Raqamli bozorlar tg‘risidagi” qonunga rioya qilish uchun kiritmoqchi.
Qayd etilishicha, “WhatsApp"ning boshqa xizmatlar bilan integratsiyasi matnli va ovozli xabarlar, videolar, tasvirlar va fayllarni bevosita almashishga yordam beradi.
Ya’ni, “Telegram”, “Signal”, “iMessage”, “Google Messages” va boshqa messenjerlardan bevosita “WhatsApp"ga yozish mumkin.
Messenjerning fikricha, bunday o‘zaro aloqa “Signal Protocol” asosidagi yagona shifrlash standartini talab qiladi, biroq kompaniya agar messenjerlar “WhatsApp” xavfsizlik standartlariga javob berishini isbotlay olsa, boshqa xavfsizlik protokollarini ko‘rib chiqishga tayyor.
Shuningdek, bunday almashinuv uchun “Meta” bilan shartnoma imzolash kerak bo‘ladi, uning tafsilotlari mart oyida ma’lum bo‘ladi.
Avvalroq “Spot” “WhatsApp"ning Android versiyasida “AirDrop” analogi paydo bo‘lishi haqida yozgandi.
Mazkur funksiya bilan internetga ulanmasdan yaqin joydagi qurilmalarga 2GBgacha fayllarni yuborish mumkin.