“Apple” kompaniyasi matn so‘rovlari asosida suratlarni tahrirlash uchun sun’iy intellekt modelini chiqardi, deya xabar berdi “Venturbeat”.

Neyron tarmoq multimodal rejimda ishlaydi — u bir vaqtning o‘zida foydalanuvchining ingliz tilidagi matn so‘rovlarini tushunadi va tasvirlardagi obyektlarni taniydi.

Bu ramka o‘lchamini o‘zgartirish, uni kesish yoki fotosuratning aniqligi, kontrasti va rang balansini o‘zgartirish imkonini beradi.

apple, mgie, rasm, sun'iy intellekt

Model Kaliforniya universiteti bilan birgalikda ishlab chiqilgan va uning manba kodi “Github"da nashr etilgan.

MGIE (MLLM-Guided Image Editing) demo versiyasi Hugging Face Machine Learning tadqiqotchilari uchun platformada mavjud.

“MGIE” shuningdek, tasvir fonini almashtirishi, obyektlarni qo‘shishi yoki olib tashlashi, badiiy effektlar va rang filtrlarini qo‘llashi mumkin.

Uning yordamida fotosuratning kichik detallarini — yuz, sochlar, kiyim-kechak, aksessuarlarni tahrirlash mumkin.

“MGIE rivojlanishning dastlabki bosqichida”, deb hisoblaydi “9to5mac” nashri.

“Apple” uni o‘z mahsulotlariga kiritishni boshlaydimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum. Kompaniya modelning paydo bo‘lishi haqida rasman izoh bermadi.


Avvalroq “Spot” “Apple” buklanadigan iPhone prototiplarini ishlab chiqayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek, “Apple” to‘qqiz dyuymli displeyli iPad Mini o‘lchamidagi yig‘iluvchi planshet ustida ham ishlamoqda.