2023-yilda O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanali xabar berdi.
Unga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatdagi jami 56ta xorijiy kompaniya tomonidan to‘langan soliqlar miqdori qariyb 70 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Bunda, to‘langan soliqlarning 90%dan ko‘prog‘i elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘tgan yilda eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy kompaniya “Meta” bo‘ldi. Kompaniya tomonidan to‘langan soliqlar 26,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Undan keyingi kuchli uchlikni 20,3 mlrd so‘m bilan “Google” hamda 12,9 mlrd so‘m bilan “Apple” kompaniyalari band etdi.
O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lovchi Top-10ta xorij kompaniyalar ro‘yxati:
Xorijiy kompaniyalar | To‘langan soliq miqdori |
Meta | 26,4 mlrd so‘m |
Google | 20,3 mlrd so‘m |
Apple | 12,9 mlrd so‘m |
Amazon | 2,2 mlrd so‘m |
Вooking.соm | 1,6 mlrd so‘m |
Netflix | 1,2 mlrd so‘m |
Xsolla | 816 mln so‘m |
Zoom | 763 mln so‘m |
Yandex | 690 mln so‘m |
Adobe Systems | 437 mln so‘m |
Avvalroq soliq qarzdorligi bilan ishlash bo‘yicha Soliq qo‘mitasi qoshida Soliq qarzini undirish inspeksiyasi tashkil etilishi ma’lum qilingandi. Unga Majburiy ijro byurosida mavjud vakolatlar beriladi.