“O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati beshta yangi gidroelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender e’lon qildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni qoplash maqsadida “O‘zbekgidroenergo” kompaniyasi quyidagi yangi gidroelektr stansiyalari loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha malaka so‘rovi tenderini o‘tkazadi:
- Toshkent viloyatida — “Dukentsoy GES”;
- Namangan viloyatida — “Qamchiq GESlar kaskadi (Qamchiq 2−3)”;
- Qashqadaryo viloyatida — “Qizildaryo va Suvlisoy GES”;
- Toshkent viloyatida — “Quyi Ko‘ksuv GES”.
Xususan, 46,6 MVt quvvatga ega gidroelektr stansiyalarini qurish loyihasi davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladi. Tender esa 4ta alohida lot shaklida tashkil etiladi.
Tenderda ishtirok etish uchun investorlar 29-fevralgacha narxlar so‘rovi hujjatini hamda taklifga oid qo‘shimcha ma’lumot yoki tushuntirishlarni jjurayev@uzgidro.uz, komiljonov@uzgidro.uz, yoqubov.abduqodir@imv.uz, xasan.xasanov@imv.uz, uzbppp@dolsar.com.tr elektron manzillariga yozma ravishda yuborishlari kerak.
SOQda (malakaviy hujjatlarni topshirish) ishtirok etish uchun arizani 1-aprel soat 12:00gacha devonxona@uzgidro.uz elektron manziliga yuborish kerak.
Batafsil ma’lumotlarni +99878 150 50 15 telefon raqamlaridan olish mumkin.
2023-yilning avgustida “O‘zbekgidroenergo” umumiy qiymati $106,9 mlnlik mazkur beshta GES qurilishi bo‘yicha tender e’lon qilgandi.