“Microsoft” korporatsiyasi yil oxirida katta “Windows 11” yangilanishini chiqarish bilan cheklanishi mumkin.

“Hudson Valley” kod nomi bilan atalgan “Windows 11 24H2” yangilanishi qo‘llab-quvvatlash fayllarida topilgan va keyinchalik “Microsoft” “Windows Insider” dasturi a’zolari ushbu versiyani olishini tasdiqlagan.

Yangilanish sun’iy intellektga asoslangan yangi xususiyatlarni o‘z ichiga oladi va “Microsoft” shuningdek, “Windows 11” yangi xususiyatlar bilan yillik yangilanishlarni olishda davom etishini ta’kidladi.

Bu, ehtimol, “Microsoft"ning 2024-yilga mo‘ljallangan rejalarida “Windows 12"ning chiqarilishi nazarda tutilmaganligini bildiradi.

Ilgari texnologiya ishlab chiqaruvchilari, jumladan “Qualcomm” va “Intel”, “Microsoft"dan yangi operatsion tizim chiqarishi mumkinligini e’lon qilgandi.

“Windows 11”, shuningdek, ranglarni boshqarish paneli interfeysi uchun yangilanish oldi, bu uni sodda va tushunarli qildi.

Operatsion tizim individual ilovalar uchun eng mos rang profilini mustaqil ravishda tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Alohida monitorlar uchun rangli displey sozlamalari yanada qulayroq bo‘lib, bu ilovalarda ideal ranglarni takrorlashni talab qiladiganlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.


Avvalroq “Spot” “Windows” klaviaturalariga yangi maxsus tugma qo‘shishi haqida yozgandi.

Yangi tugma “Microsoft” kompaniyasining sun’iy intellekt yordamchisi “Copilot"dan foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.