“Samsung” yozda birinchi aqlli uzukni chiqarishni rejalashtirgan. Bu haqda “Wccftech” nashri xabar berdi.
OAV jurnalistlarining ta’kidlashicha, bu ma’lumotni B2B Samsung Electronics kompaniyasi rahbari Daniel Son o‘zining LinkedIn sahifasida tasdiqlagan.
Korporativ menejerning ta’kidlashicha, joriy yilning ikkinchi yarmida yangi taqiladigan sog‘liq va salomatlik mahsuloti sotuvga chiqariladi, bu aqlli uzukga ishora qiladi.
“Wccftech” mualliflarining fikricha, “Galaxy Ring” iyul oyida taqdim etilishi mumkin. Shuningdek, shu vaqt ichida “Galaxy Watch 7” aqlli soati e’lon qilinishi ham ma’lum bo‘ldi.
Shunday qilib, Koreya korporatsiyasi o‘z liniyasini sog‘liq va sport uchun yangi taqiladigan gadjetlar bilan to‘ldiradi.
Yanvar oyida e’lon qilingan aqlli uzukning texnik xususiyatlari oshkor etilmagan.
Sanoat tahlilchisi Avi Greengartning ta’kidlashicha, “Galaxy Ring” juda yengil, bir nechta o‘lchamlarda keladi, salomatlik va uyquni kuzatish xususiyatlariga ega.
Avvalroq “Spot” “Samsung” o‘z gadjetlariga qondagi qand miqdorini nazorat qilish funksiyasini qo‘shishi haqida yozgandi.
Yangi funksiyaning taqdim qilinish vaqti e’lon qilinmadi, biroq qurilma bozorda besh yil ichida paydo bo‘lishi mumkin.