O‘zbekistonda ayollarning katta sig‘imli avtobuslarni haydashiga ruxsat berildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

12-fevral kuni hukumatning tegishli qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorining 2-ilovasi 27-bandi hamda 3-ilovasi 5-bandi o‘z kuchini yo‘qotdi.

Natijada, ayollarga transport vositalari orqali ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib borishning huquqiy asosi belgilanmoqda.

Endilikda yuk ko‘tarishi 2,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillar, yo‘lovchilar soni 14 kishidan ortiq bo‘lgan avtobuslarni boshqarishlari mumkin bo‘ladi.

Eski normalarning bekor qilinishi bilan transport sohasida gender tenglikni ta’minlash va katta sig‘imli avtobus hamda elektrobuslarni boshqarishga ayollarni jalb etish imkoniyati yaratildi, deyiladi xabarda.

Avvalroq 1-apreldan 1-oktabrgacha avtotransportlarga yo‘l varaqalarini onlayn rasmiylashtirish va yuritish tizimini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilishi ma’lum qilingandi.

Transport vaziri Ilhom Mahkamov, Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov, IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i Olim Saidov hamda Toshshahartransxizmat raisi Anvar Jo‘rayevlarga ham hayfsan e’lon qilinib, oxirgi ogohlantirish berilgandi.