O‘zbekistonliklar Litvada 3000ga yaqin bo‘sh ish o‘rniga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ish turi — payvandchi, omborxonada yuk ortuvchi, tikuvchi, yuk avtomobili haydovchisi, omborxona ishchisi hamda quruvchi.
Nomzodlar 21−55 yosh oralig‘ida bo‘lishi hamda rus tilida erkin muloqot qilishi kerak. Shuningdek, quyidagi talablar ham mavjud:
- payvandchilik sertifikati;
- ishlab chiqarish chizmalarini tushunish va ishlash;
- qurilish obyektlarida ishlash;
- logistik omborxonada buyurtma qabul qilish;
- yuk ortish (avtokara) tajribasi;
- ayollar kiyimini tikish;
- tikuvchilik sohasida 1 yillik tajriba;
- sudlanmagan;
- xorijga chiqish taqiqlanmagan;
- jismonan va ruhan sog‘lom;
- zararli odatlardan holi.
Ish haqi 700 yevrodan 1600gacha bo‘lib, yotoqxona va transport xarajatlari ish beruvchi hisobidan qoplab beriladi.
Fuqaro hisobidan agentlik xizmati, o‘qitish va ko‘niktirish uchun BHMning 10 baravari (3,4 mln so‘m) hamda viza to‘lovi to‘lanadi.
Quyidagi havolalar orqali tegishli ishlar uchun ro‘yxatdan o‘tish mumkin:
- payvandchilik uchun ro‘yxatdan o‘tish (nomzodlar 100 nafarga yetsa ro‘yxatdan o‘tish to‘xtatiladi);
- omborxona ishchisi va yuk ortuvchilik (avtokara) uchun ro‘yxatdan o‘tish (600 nafarga yetgach);
- tikuvchilik uchun ro‘yxatdan o‘tish (100 nafarga yetgach);
- yuk avtomobili haydovchiligi uchun ro‘yxatdan o‘tish (5 ming nafarga yetgach);
- quruvchilik uchun ro‘yxatdan o‘tish (600 nafarga yetgach).
Batafsil ma’lumotlarni 71−202−33−55 yoki 1282 qisqa raqami hamda havola orqali olish mumkin.