“Machine Learning Community” tomonidan Toshkentda “AI Hackathon-2024” loyihasi o‘tkazilishini e’lon qildi.
Tadbir talabalar, mutaxassislar va innovatsiyalarga qiziquvchilarning e’tiborini sun’iy intellekt mavzusiga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan.
Xakaton fikr almashish, iste’dodlarni rivojlantirish va mashinali o‘rganish bo‘yicha yo‘nalishlarni topishga qaratilgan.
Tadbir ishtirokchilari sun’iy intellekt sohasidagi so‘nggi yutuqlar bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.
Unda mazkur yo‘nalishdagi tendensiyalar va innovatsiyalarga bag‘ishlangan konferensiya hamda ekspertlar ishtirokida taqdimot va panel muhokamalari o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, dasturdan sovrin jamg‘armasi 60 mln so‘mni tashkil etivchi jamoaviy musobaqa ham o‘rin olgan.
“AI Hackathon” joriy yilning 16−18 fevral kunlari Yangi O‘zbekiston universitetida bo‘lib o‘tadi.
Xakatonda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Avvalroq “We Digital” agentligi “ChatGPT” asosidagi o‘zbek tilidagi “Uzbek Expert” chat-botini taqdim etgani haqida xabar berilgandi.