Soliq qonunchiligini buzganlik uchun yetkazib berish xizmatlariga nisbatan sud jarayoni to‘xtatiladi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev ma’lum qildi.
13-fevral kuni umumiy ovqatlanish va savdo sohalari vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirokchilardan biri qo‘mitasi raisiga savol bilan murojaat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, unga nisbatan bir qancha da’volar qo‘zg‘atilgan.
Ikkita holat, tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, Soliq kodeksining 227/1-moddasi bilan bog‘liq. Uchinchisi esa fiskal belgilar bilan cheklarni berishdagi qonun buzilishlarga tegishli.
Naqd pulda yetkazib berilgan buyurtma uchun to‘lov amalga oshirilayotganda ayrim mijozlarga QR-kod ko‘rsatilgan chek berilmagani uchun soliq organlariga shikoyatlar kelib tushgan. Bunda buyurtmaning aylanmasi buxgalteriya tizimida aks ettiriladi.
Korxona kassirlari “o‘z risk va xavf-xatarlari ostida” buyurtmalarni yuborishda fiskal cheklarni oldindan ro‘yxatdan o‘tkazadi. Shu sababli, kuryerlar pul bilan kelgunlarigacha tizimga kiritilgan va kassadagi pul miqdori o‘rtasida farq mavjud bo‘ladi.
“Hozirning o‘zida yetkazib berish [xizmatlari] bo‘yicha sud ishlarini to‘xtatib turishga topshiriq beraman. Bitta ishchi guruh [tuziladi]”, — dedi Qudbiyev.
Shuningdek, u buyurtma uchun to‘lovni amalga oshirishdan oldin cheklarni berishda muammoni hal qilishga va’da berdi. Bunday holatlar uchun soliq organlari to‘lov fiskalizatsiya qilinmaguncha pauza funksiyasini joriy qiladi.
Mazkur yig‘ilishda Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov yuqoridagi band bo‘yicha jarima miqdori kamaytirilishi haqida ma’lum qildi. Oxirgi chorakdagi to‘liq daromad o‘rniga bu miqdorning 2%iga teng bo‘ladi.
2023-yilning dekabridan “Yandex Go” ilova orqali sayohatlar uchun fiskal chek berishni ishga tushirgandi.