Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi yangi chegara posti qurilishi boshlandi. Bu haqda “UzA” xabar berdi.
Xususan, Bo‘ston mahallasidagi “Uchqo‘rg‘on — Madaniyat” yo‘lining 10-kilometrida joylashgan “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti qurilishi amalga oshirilmoqda.
Qirg‘iziston tomonining qismi esa Jalolobod viloyati, Navkent tumani Qiziltuu qishlog‘i hududida joylashgan “Kengsay” bojxona posti hisoblanadi.
Mazkur chegara bojxona postlari joriy yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Qozog‘istonning Turkiston viloyatida O‘zbekiston bilan chegaragacha bo‘lgan yangi “Darbaza — Maqtaaral” temir yo‘l liniyasi qurilishi boshlangandi.