2023-yil 20-dekabrdan 2024-yil 20-yanvargacha markirovka tizimi ikkita nominatsiyali o‘yinda ishtirok etish va qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish imkoniyatini berdi. Super o‘yin g‘oliblari sifatida to‘rt nafar fuqaro, jumladan, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent fuqarolari topildi.

“Raqamli markirovkaning eng yaxshi ovchisi” nominatsiyasida birinchi o‘rin sohibiga Apple iPhone 15 Pro Max smartfoni nasib etdi. Ikkinchi o‘rin sohibiga Apple iPhone 15 berildi.

asl belgisi, reklama

“Asl Belgisi faol obunachisi” nominatsiyasida birinchi o‘rin sohibiga Apple iPhone 15 Pro Max smartfoni topshirildi, ikkinchi o‘rin sohibiga esa — Samsung Galaxy S23.

Aksiyadan ko‘zlangan maqsad markirovkalangan mahsulotlarning qonuniyligini tekshirish uchun mobil ilovani aholi o‘rtasida ommalashtirishdan iborat.

“Men dori vositalarining haqiqiyligini tekshirish uchun Data Matrix kodlarini skanerladim. Yanvar oyi oxirida raqamli markirovka tizim vakillari menga qo‘ng‘iroq qilib, tasodifiy raqamlar ketma-ketligi orqali g‘olib deb e’lon qilinganimni aytishdi. Men har doimo Asl Belgisi mobil ilovasi orqali dori-darmonlarni skanerlab, ularning qonuniyligini tekshiraman va shu bilan sog‘ligimni himoya qilaman. Eng qizig‘i, ilova biror nomuvofiqlik aniqlansa, qoidabuzarlik haqida xabar berish imkonini beradi”, — dedi “Raqamli markirovkaning eng yaxshi ovchisi” nominatsiyasi g‘olibi Yomg‘irov Qo‘shmurod.

asl belgisi, reklama

Dori vositalarining qonuniyligini tekshirish

Bugungi kunda dori vositalarini qalbakilashtirish muammosi butun dunyoda dolzarbdir. O‘zbekistonda Asl Belgisi raqamli markirovka tizimi joriy etildi. Bu kontrafaktning keng ko‘lamli muammosiga qarshi kurashda muhim vositadir.

Bunday holda, doridagi Data Matrix raqamli kodini skanerlash orqali dori haqida barcha kerakli ma’lumotlarni olish mumkin bo‘lgan Asl Belgisi mobil ilovasining dolzarbligini ta’kidlash kerak.

Data Matrix kodlarini skanerlashda iste’molchi dori haqida barcha kerakli ma’lumotlarni oladi. Bunday kod mahsulot tavsifini, qadoqlash joylashishi kerak bo‘lgan ishlab chiqaruvchi va chakana savdo do‘konlari haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni o‘z ichiga oladi.

Asl Belgisi bilan maishiy texnika, dori vositalarining haqiqiyligini tekshirish mumkin, yaqin kelajakda suv va salqin ichimliklarni ham tekshirish mumkin bo‘ladi. Markirovka tizimi halol ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, sog‘lom raqobatni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Dori vositalarini skanerlashda ilova O‘zbekiston hududida rasman muomalada bo‘lgan dori vositalarini o‘qiydi.

Agar ilova kodni o‘qisa, bu dori vositasi qonuniy ravishda ishlab chiqarilgan yoki O‘zbekiston hududiga olib kirilganligini bildiradi.

Agar o‘qimasa, unda sotib olishdan bosh tortish afzalroqdir. Yaxshisi, qonunbuzarlik haqida xabar berilgani maqul. Buni bevosita Asl Belgisi ilovasida amalga oshirish mumkin. Ma’lumotlar tegishli organlarga yetkaziladi.

Mobil ilova interfeysi rus va o‘zbek tillarida ishlaydi.

Ilovani Google Play va App Store `dan yuklab olish mumkin.

Sayt: crpt-turon.uz
Facebook: fb.com/markirovka.uzb
Instagram: @asl.belgisi
Telegram: t.me/aslbelgisi

Reklama huquqlari asosida.