“Spot” tadbirkorlar va top-menejerlar ish faoliyatlari davomida nimalardan foydalanishlari haqida so‘zlab berishadigan “Ryukzakda nima bor?” nomli loyihani davom ettiradi.

Bu safargi materialda “Safia” qandolat uyi hammuassisi Bekzod Samikjonov bilan suhbatlashdik.

U ish faoliyati davomida asosan nimalardan foydalanishi haqidagi savollarga javob berdi.

Tadbirkorning ofisiga tashrif buyurib, uning ish stolini ko‘zdan kechirganimizda, u yerda kompyuter, ovozli yordamchi va hokazolarga ko‘zimiz tushdi.

Intervyuning to‘liq qismi bu yerda:



Ryukzagimni Yaponiyaga borganimda olganman. Uni judayam ko‘p ishlataman, safarlarga chiqqanda foydalanishga juda qulay. Orqa tarafida hujjatlarni va hamyonni solib qo‘yish uchun ham cho‘ntagi bor.

Noutbuk va quloqchin

Yonimda asosiy olib yuradiganim, “HP” kompaniyasining noutbuki. Uni qulay tarafi shundaki ham noutbuk sifatida, ekrani sensorli bo‘lgani uchun ham planshet shaklida ishlatish mumkin. Tahminan uch yildan buyon foydalanaman.

Noutbukimni g‘ilofida “Apple"ning “Airtag” qurilmasi bor, uni qayerdadir qoldirib ketsam, shu moslama orqali topa olaman.

Shuningdek, “Sony” kompaniyasining shovqinni kamaytiruvchi quloqchini ham bor. U ko‘pincha sport mashg‘ulotlarida, samolyotda uchganimda kerak bo‘ladi.

Shu bilan birga “Apple"ning “Airpods” quloqchinidan podkastlar eshitganimda foydalanib turaman.

bekzod samig‘janov, ryukzagda nima bor

Kitob

Hozirgi kunda Robin Sharmaning “O‘z “ferrari"sini sotgan rohib” kitobini o‘qiyapman. Bu asar adashmasam 10−15 yil oldin nashrdan chiqarilgan.

Negadir shu kitobni o‘qigim kelib qoldi va hozirda shu kitobni mutoala qilyapman. Eski kitob, bestseller asar bo‘lgan.

bekzod samig‘janov, ryukzagda nima bor

Qaydlarni asosan telefonimga qayd etsam ham ayrim hollarda kundalikka yozib turaman. Shuning uchun ryukzagimda kundalik ham olib yuraman.

Hamyon va “cardholder”

Shuningdek, plastik kartalarni olib yurish uchun “cardholder” ishlataman. Chunki hajmi qulay, ko‘p joy egallamaydi.

Hamyonim bor, uni turmush o‘rtog‘im sovg‘a qilgan. Uch yildan beri ishlataman, ichiga ham ko‘p narsa sig‘adi.

bekzod samig‘janov, ryukzagda nima bor