Yanvar oyida avtomobil bozorida sotuvlar sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida keltirilgan.

O‘tgan oyda barcha avtotransport vositalarining sotilishi 8%ga oshib, 144,5 ming donani tashkil etdi. Shu bilan birga, o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 14%ga o‘sish qayd etildi.

avtomobil bozori, birlamchi bozor, cerr, ikkilamchi bozor, itim, tahlil, yanvar

Birlamchi avtomobil bozorlaridagi vaziyat

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda 128 mingta yengil avtomobil sotildi, bu o‘tgan oyga nisbatan 6%ga ko‘pdir.

Savdolarning eng yuqori o‘sish sur’atlari Navoiy, Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida qayd etildi.

Shu bilan birga, yengil avtomobillar bozori yillik o‘lchovda 8%dan oshdi.

Birlamchi avtomobil bozoridagi vaziyatga kelsak, oy davomida sotuvlar 1,4%ga oshdi. Birlamchi avtomobil bozori yil davomida 22%ga o‘sdi.

Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillarning birlamchi bozori qariyb 1 foizga o‘sdi, bir oy davomida 28 ming dona avtomobil sotildi. Yillik o‘lchovda avtomobil bozorining ushbu segmenti 20%ga o‘sdi.

avtomobil bozori, birlamchi bozor, cerr, ikkilamchi bozor, itim, tahlil, yanvar

Ikkilamchi avtomobillar bozori

Oy davomida ikkilamchi bozorda 96 mingdan ortiq avtomobil sotildi, bu avvalgi oyga nisbatan 7,6%ga ko‘pdir. Shu bilan birga, o‘tgan yilning yanvarь oyiga nisbatan o‘sish 4,4%ni tashkil tdi.

Yengil xorijiy avtomobillar segmenti. Yanvar oyida xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi 5,7%ga o‘sdi va 3,47 mingta avtomobilni tashkil etdi. Yil davomida xorijiy avtomobil bozorida sotuvlar 37%dan oshdi.

Elektromobillar bozoridagi vaziyat

O‘zbekistonda elektromobillarga qiziqish pasaya boshladi. Yanvar oyida yengil elektromobillar savdosi 3,3 mingta avtomobilni tashkil etdi, bu oldingi oyga nisbatan 7,8%ga kam.