Davlat soliq qo‘mitasi yanvar oyida eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalarni ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda yirik soliq to‘lovchilar soni 2 186taga yetdi. Yanvar oyida ular tomonidan 9 trln so‘mga yaqin soliq tushumlari amalga oshirildi.
Shundan 4,6 trln so‘mi davlat ulushi mavjud Top-10ta yirik soliq to‘lovchi hisobiga to‘g‘i keladi.
Shundan eng ko‘p soliq to‘lovlarini amalga oshirgan “Navoiy kon metallurgiya kombinati” bo‘ldi. Kompaniya tomonidan o‘tgan oyda 2,4 trln so‘m soliq to‘lovlari amalga oshirilgan.
Undan keyingi o‘rinlarda 706,7 mlrd so‘m bilan “Olmaliq KMK” hamda 496,5 mlrd so‘m bilan “O‘zbekneftgaz” turibdi.
Bundan tashqari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” 74 mlrd so‘m soliq to‘lovi bilan Top-10talikni yakunlab bergan.
Shuningdek, yanvar oyida Top-10ta xususiy sektor korxonalari tomonidan 716 mlrd so‘m soliq to‘lovlari amalga oshirilgan.
Mazkur reytingda “UzBAT” 231 mlrd so‘m soliq tushumlarini amalga oshirgan holda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan.
“Korzinka” supermarketlari tarmog‘i 22 mlrd so‘m soliq to‘lovlari bilan xususiy sektordagi eng yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxatida oxirgi o‘rinda turibdi.
Avvalroq 2023-yilda O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy internet-kompaniyalari ma’lum qilingandi. Jami 56ta kompaniya 70 mlrdga yaqin soliq to‘lagan.