“OpenAI” kompaniyasi foydalanuvchi so‘rovlari asosida videolar yaratish uchun sun’iy intellekt modelini taqdim qildi.

“Sora” bir nechta belgilar, turli xil harakat turlari va fon tafsilotlari bilan 1080p piksellar sonida filmga o‘xshash sahnalarni yaratishi mumkin.

Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, u haqiqiy dunyodagi narsalar fizikasini tushunadi va qahramonlarning his-tuyg‘ularini takrorlay oladi.

Shu bilan birga, kompaniya “Sora” uchun murakkab sahnalarda fizikani aniq modellashtirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar va boshqa xatolar haqida ogohlantirdi.

Biroq model sinov bosqichida va faqat cheklangan doiradagi rassomlar, dizaynerlar va rejissyorlar uchun mavjud.

Sinov ishtirokchilari o‘z fikr va mulohazalarini bildirishlari kerak, deyiladi kompaniya xabarida. Sun’iy intellekt modelining ommaga chiqish sanasi oshkor etilmagan.


Avvalroq “Spot” “OpenAI” “ChatGPT"da xotira funksiyasi sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgandi.

Foydalanuvchilar mazkur funksiya orqali chat-botdan keyingi foydalanishlarda tegishli maslahatlar olishi mumkin.