“Apple"ning ko‘plab gadjetlarini yaratishga hissa qo‘shgan sanoat dizayneri Bart Andre kompaniyani tark etdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.

“Bloomberg” sharhlovchisi Mark Gurmanning so‘zlariga ko‘ra, Andre “Apple” jamoasiga 1992-yilda, dizayn bo‘limiga Joni Ayv rahbarlik qilgan paytda qo‘shilgan.

Mutaxassis Stiv Jobs boshchiligida ko‘plab mahsulotlar ustida ishlagan.

Jumladan, u iPhone va Mac kompyuterlarining turli versiyalarining asoschilaridan biri hisoblanadi.

“Uning „Apple“ mahsulotlaridagi izi o‘chmas — men buni har kuni batafsil ko‘raman”, dedi “Apple” sobiq muhandisi Kristofer Stringer “Bloomberg"ga.

Kompaniyaga qo‘shilganidan 30 yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, Amerika IT gigantining eng keksa dizayneri nafaqaga chiqadi.

Mark Gurmanning so‘zlariga ko‘ra, shu tariqa “Apple"da Joni Ayv bilan ishlagan mutaxassislar deyarli qolmagan.

Dizayn bo‘limi endi korporatsiyaning bosh operatsion direktori Jeff Uilyams tomonidan nazorat qilinadi.

Gurmanning so‘zlariga ko‘ra, ayrim xodimlar masalani tushunmagan odam yo‘nalish uchun mas’ul ekanidan norozi.


Avvalroq “Spot” “Apple"ning “iPhone” va “Apple Watch” dizayni rahbari kompaniyani tark etishi haqida yozgandi.

Uning 2024-yil fevralida kompaniyani tark etishi, biroq ishdan ketish sababi ma’lum qilinmagandi.