“ChatGPT” ishlab chiqaruvchisi veb-qidiruv uchun o‘z mahsulotini ishlab chiqmoqda, deya xabar berdi “The Information”.

U qisman “Microsoft"ning “Bing” qidiruv tizimiga asoslangan bo‘lishi mumkin.

“OpenAI” qidiruv tizimi “ChatGPT” sun’iy intellekt chat-botidan alohida mahsulot bo‘ladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.

Ushbu rivojlanish “OpenAI"ni “Google” bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatga olib keladi.

Payshanba kuni “Google” egasi “Alphabet” aksiyalari bozor oldidan savdolarda taxminan 1,5%ga arzonlashdi.

Buning sababi, “Microsoft tezkor ravishda “OpenAI” texnologiyasini “Bing"ga integratsiya qildi va foydalanuvchilarga chatbot xizmatini o‘z ichiga olgan veb-qidiruvning yanada interaktiv usulini taklif qildi.

Keyingi oylarda “Google” shuningdek, sun’iy intellekt asosida ishlaydigan raqobatdosh qidiruv tizimini yaratishni e’lon qildi.

O‘tgan yili “Microsoft” bosh direktori Satya Nadella Bing sun’iy intellekt imkoniyatlarini yuqori baholagan edi. Ishga tushirilgandan so‘ng u “Microsoft” o‘zining asosiy raqobatchisini asabiylashtirganini aytdi.

Biroq, “Microsoft"ning AI chat ilovasi “Bing"ning dastlabki versiyalari kutilmagan muammolarga duch keldi.

Foydalanuvchilar chat-botdan shikoyat qilishdi. Bu kompaniyani suhbatlar uzunligini cheklashga undadi.


Avvalroq “Spot” “Google"ga raqobatchi bo‘lgan yangi qidiruv tizimi ishga tushirilgani haqida yozgandi.

Yangi qidiriuv tizimi Perplexity deb nomlanib, u ChatGPT va Copilot sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan.