E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Kredit shartlari o‘zgarishi mumkin. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.
Hozirda mavjud 35ta bankdan 17tasida iste’mol kreditlarini olish mumkin. Kredit foiz stavkalari 21% dan 37%gacha bo‘lib, 1 yildan 4 yilgacha beriladi.
Maksimal 200 mln so‘m ipoteka kreditini “Ipak yo‘li banki” va “O‘zsanoatqurilishbank” taklif qilmoqda. “Saderatbank” uch yilgacha muddatga 680 mln so‘m kredit beradi.
Iste’mol krediti quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
- mebel, maishiy texnika, zargarlik buyumlari sotib olish;
- davolanish, o‘qish yoki sayohat qilish uchun to‘lov;
- bazmlarni o‘tkazish (to‘y, yubileylar);
- uy ta’mirlash (xizmat haqi, qurilish materiallarini xarid qilish) va boshqalar.
Kerakli hujjatlar
- kredit olish uchun ariza;
- qarz oluvchining pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
- kamida uch oylik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya;
- tovar va xizmatlarni sotib olish yuzasidan shartnoma;
- garov (kredit miqdoriga qarab, bu transport vositasi, ko‘chmas mulk yoki uchinchi tomon kafolati bo‘lishi mumkin).
Kredit ham mahalliy, ham import qilinadigan tovarlarni xarid qilish uchun beriladi.
2023-yil aprel oyida qonun hujjatlariga iste’mol kreditlarini faqat O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni xarid qilish uchun ajratish to‘g‘risidagi normalarni bekor qiluvchi o‘zgartishlar qabul qilingandi.
Biroq, aksariyat banklar hali ham bunday kreditlarni faqat mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun beradi.
Ro‘yxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar banklar veb-saytlaridan olingan.
Bank nomi | Yillik stavka | Maksimal summa | Muddati |
Asakabank | 30% | 68 mln | 3 yilgacha |
Asia Alliance bank | 23,9% | 170 mln | 1 yilga |
25,9% | 3 yilga | ||
Hamkorbank | 32% | 68 mlngacha | 2 yilgacha |
36% | 3 yilgacha | ||
Infinbank | 37,9% | 30 mln | 18oy |
Ipak yo‘li banki | 31,9% | 200 mlngacha | 3 yilgacha |
Ipotekabank | 26% | 51 mlngacha | 4 yilgacha |
Madad Invest bank | 33% | 100 mln | 1 yil |
36% | 5 yil | ||
Мikrokreditbank | 30% | 80 mlngacha | 2 yil |
Оrient Finans Bank | 26% | 50 mln | 3 yilgacha |
Poytaxtbank | 27% | 68 mln | 2 yilgacha |
Saderatbank | 23%-26% | 680 mln | 3 yilgacha |
Тrastbank | 25% | 30 mln | 1 yilgacha |
27% | 60 mln | 2 yilgacha | |
Тuronbank | 29% | 90 mln | 3 yilgacha |
Universalbank | 32% | 68 mln | 3 yil |
O‘zsanoatqurilishbank** | 21% | 200 mlngacha | 1 yildan 3 yilgacha |
23% | |||
24% | |||
25% | |||
26% | |||
O‘zmilliybank* | 26% | 60 mln | 2 yilgacha |
27% | 3yilgacha | ||
Ziraat Bank Uzbekistan | 25,5% | 102 mln | 1 yilgacha |
26% | 2 yilgacha | ||
28% | 3 yilgacha |
*Ish haqi loyihasi ishtirokchilari uchun 23% dan 24% gacha.
**Tabaqalashtirilgan to‘lov usuli bilan stavka 1%ga oshirilib, 6 oylik imtiyozli davr taqdim etiladi.