Toshkent viloyatidagi metan “zapravka” yirik hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
17-fevral kuni o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Ohangaron tumanida joylashgan “O.P.P.” MChJga qarashli AGTKShga tortilgan gaz quvuri ko‘zdan kechirilgan.
Natijada, yashirin yo‘llar bilan qo‘shimcha tarmoq tortib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi. Metan “zapravka” 25,02 mln metr kub tabiiy gazni talon-toroj qilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori jami 37,53 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Yanvar oyida 94 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-taroj qilingandi. Huquqbuzarliklar bo‘yicha 937ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, Sirdaryodajoylashgan metan “zapravka” 62 mlrd so‘mdan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.