Sud “Facebook” egasi “Meta"ga qarshi sud da’vosini qabul qildi, deya xabar bermoqda “BBC” nashri.
Qayd etilishicha, uning miqdori 3 mlrd funt sterlingni tashkil qilishi mumkin.
Da’vo huquqshunos akademik doktor Liza Lovdal Gormsen tomonidan ijtimoiy tarmoqning 45 mln foydalanuvchisi nomidan berilgan.
Uning dastlabki da’vosi 2023-yilda rad etilgan, ammo endi qayta ko‘rib chiqilgan versiyasi qabul qilingan, da’vo 2026-yil boshigacha ko‘rib chiqiladi.
Da’vo 2016-yil fevralidan 2023-yil oktabrigacha bo‘lgan davrda “Facebook"da akkauntga ega bo‘lgan foydalanuvchilar uchun 2,07 mlrd funt sterlingdan 3,1 mlrd funt sterlinggacha kompensatsiya talab qiladi. Ish raqobat bo‘yicha apellyatsiya sudida ko‘rib chiqiladi.
“Meta” da’volar mutlaqo asossizligini va kompaniya ularga qarshi chiqishni rejalashtirayotganini aytdi.
Yangilangan da’vo versiyasiga ko‘ra,"Facebook" o‘z foydalanuvchilari bilan haqqoniy bo‘lmagan shartnoma tuzgan.
Da’vogarlarning fikriga ko‘ra, kompaniya o‘zining ustun mavqeini suiiste’mol qilib, foydalanuvchilarni o‘zlarining shaxsiy ma’lumotlarini “Facebook"ga tegishli bo‘lmagan mahsulotlardan, shu jumladan “Meta"ga tegishli “Instagram” va boshqa uchinchi tomon saytlaridan uzatishga majbur qildi.
Bunda ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga uzatish foydalanuvchi shartnomasiga muvofiq “Facebook” platformasiga kirish sharti bo‘lgan.
Avvalroq “Spot” “Apple” AQShdagi mijozlariga tovon puli to‘lashni boshlagani haqida yozgandi.
Bunga iPhone’ning eski batareyalari ishlashi ataylab sekinlashtirilgani haqida berilgan da’vo arizasi sabab bo‘lgan.