Toshkentda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Unicup” kibersport turniri o‘tkaziladi. Bu haqda “Glitched.exe” hamjamiyati xabar berdi.
Jamoaviy turnir “Counter Strike 2” yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilib, uning sovrin jamg‘armasi 10 mln so‘mni tashkil qiladi.
Unda quyidagi 16ta OTM talabalari ishtirok etishlari mumkin:
- Toshkent xalqaro Vestminster universiteti (TXVU);
- Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIS);
- Vebster universiteti (WUT);
- Toshkentdagi Nordik universiteti;
- Markaziy Osiyo universiteti (CAU);
- Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT);
- Tashkentdagi Amity universiteti (AUT);
- Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti;
- Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT);
- Britaniya menejment universiteti (BMU);
- TEAM universiteti;
- Toshkent xalqaro ta’lim universiteti (TIUE);
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU);
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU);
- Toshkent shahridagi TMC universiteti;
- IT Park universiteti (ITPU).
Musobaqa ikki bosqichda o‘tkaziladi. Saralash o‘yinlari 4-martdan 11-martgacha “Face It” platformasida har bir universitet uchun alohida sana va vaqtda tashkil etiladi.
15-mart kuni saralashdan o‘tgan jamoalar o‘rtasida qur’a tashlanib, shundan so‘ng ularning finaldagi o‘rinlari aniqlanadi.
Yakuniy o‘yin 17-mart kuni o‘tkaziladi hamda unda kirish uchun talabalik guvohnomasini ko‘rsatish kerak bo‘ladi.
Batafsil ma’lumotni havola orqali olish mumkin.
Avvalroq “IT Park” rezidentlariga kibersport sohasida xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat berilgandi.