“Forbes” nashri dunyodagi eng zaif valyutalarning Top-10taligini e’lon qildi.
Reyting valyutalarning AQSh dollariga nisbatan nisbiy qiymatidan kelib chiqqan holda tuzilgan.
Unga ko‘ra, Eron riali reytingning birinchi pog‘onasida o‘z o‘rnini saqlab qoldi. $1 — 42 037 rialini tashkil etadi.
Keyingi o‘rinlarda Vetnam dongi (24 535) hamda Laos kipi (20 839,5) turibdi.
O‘zbek so‘mi mazkur reytingda 6-o‘rinni egalladi hamda o‘tgan yilgi natijadan bir pog‘ona yuqoriladi.
2023-yilning iyulida e’lon qilingan reytingda o‘zbek so‘mi eng zaif valyutalar top-10taligida 7-o‘rindan joy olgandi.
Quyida eng arzon top-10ta valyuta keltirilgan:
- Eron riali — 42 037,5.
- Vetnam dongi — 24 535.
- Laos kipi — 20 839,5
- Serra-Leone leonesi — 19 750.
- Indoneziya rupiyasi — 15 635.
- O‘zbekiston so‘mi — 12 473,9.
- Gvineya franki — 8 584,7.
- Paragvay guarani — 7 293,6.
- Uganda shillingi — 3 878.
- Iroq dinori — 1 308,3.
21-fevral kuni Markaziy bank AQSh dollarining rasmiy kursini 12 495 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 19 so‘m 52 tiyinga oshdi.
Bundan oldin, 15-fevral kuni Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 12 497 so‘mni tashkil qilgandi.