Markaziy bankning 2024-yil 22-fevral holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymatini 12495 so‘m etib belgilagandi.

Narxlar 21-fevralda belgilangan 12475 so‘m ko‘rsatkichdan buyon, 19,52 so‘mga qimmatladi.

22-fevral kuni “KDB Bank Uzbekistan"da sotish kursi 12560 so‘mni tashkil etmoqda. Qolganlarida esa 12550 so‘mdan 12490 so‘mgacha belgilandi.

Sotib olish narxi esa 12450 so‘mdan 12400 so‘mgacha belgilandi.


2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasining rasmiy kursi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tgandi. Undan keyin Markaziy bank bu bo‘yicha izoh berdi.

Asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada, ichki valyuta bozorida so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi sur’atining biroz tezlashishi kuzatildi.