Android uchun “Google Assistant” ilovasi “Gemini” neyron tarmog‘iga almashtiriladi. Bu haqda “Android Authority” xabar berdi.
Assistant yuklab olinganida, sun’iy intellekt xizmati mavjud bo‘ladi. Agar ilova “Google Play"dan yuklab olinsa, belgi “Gemini” logotipiga o‘zgaradi. Dasturning nomi ham yangisi bilan yangilanadi.
Foydalanuvchilar telefonida “Gemini” allaqachon o‘rnatilgan bo‘lsa, “Google Assistant"ni yuklab olganida, smartfonda ikkita bir xil dastur paydo bo‘ladi.
“Samsung” smartfonlari egalari “Google Play” orqali yangilangandan so‘ng Assistant ilovasi avtomatik ravishda “Gemini"ga o‘zgarganini payqashdi. “Galaxy S24 Plus” egalaridan biri avval qurilmaga yangi neyron tarmoq yuklab olmaganini ta’kidladi.
Avvalroq “Samsung” 2024-yil mart oyidan boshlab aqlli televizorlarida “Google Assistant” yordamini olib tashlashini aytgan edi.
2023-yilning dekabrida “Google” “Gemini” sun’iy intellekt modelini taqdim etgani haqida xabar berilgandi.
U multimodal sun’iy intellekt modeli bo‘lib, matn, tasvir, video, audio va kodlarni tahlil qila oladi hamda qayta ishlaydi.
Avvalroq “Spot” “Google” “Bard” chat-botiga yangi funksiyani qo‘shgani haqida yozgandi.
Chat-bot “YouTube"dagi video tomosha qilishni va ularning mohiyatini qayta aytib berishni, ko‘rgan narsalari haqidagi savollarga javob berishni o‘rgandi.
Shuningdek, “Google” sun’iy intellektga ega “Assistant with Bard"ni ishga tushirgani haqida xabar berilgandi.
Undan matn, ovoz yoki tasvirlar yordamida o‘zaro aloqada qilishda, ma’lumotlarni topishda foydalanish mumkin.