Norvegiya parlamenti deputati Marius Nilsen amerikalik milliarder va ixtirochi Ilon Maskni Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi. Bu haqda “Forbes” nashri xabar berdi.
Nilsenning ta’kidlashicha, Mask tomonidan asos solingan yoki boshqariladigan ko‘plab texnologiya kompaniyalari jamiyatni rivojlantirish, Yer va koinot haqidagi bilimlarni kengaytirish va global aloqalarni ta’minlashga qaratilgan.
Deputat Mask nomzodligini uning “muloqot, so‘z erkinligi va o‘z fikrlarini bildirish imkoniyatini qat’iy himoya qilgani” uchun ilgari surganini qayd etgan.
Yanvar oyida Ilon Maskning “Neuralink” kompaniyasi ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatdi. Fevral o‘rtalariga kelib, birinchi bemor sichqonchani fikrlash orqali boshqarishni o‘rgandi.
Avvalroq Mask $56 mlrdlik mukofot pullaridan mahrum bo‘lgandi. AQShning Delaver shtati sudi unga belgilangan mukofot pullarini noto‘g‘ri belgilangan deb topdi va uni rad etdi.