Tadbirkor xotin-qizlar uchun “PizzaPitch Women” tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda loyiha tashkilotchilari ma’lum qildi.

“PizzaPitch Women” — bu tadbirkor ayollarga iste’dodlarini namoyish etish, muvaffaqiyat hikoyalari bilan o‘rtoqlashish hamda o‘z loyihalarini taqdim etishga qaratilgan loyiha.

Tadbir BMTning Taraqqiyot dasturi hamda KOICA va USAID ko‘magida “PizzaPitch” hamjamiyati tomonidan tashkil etilmoqda.

Ishtirokchilar ekspert va tadbirkorlarga startap loyihalarini namoyish qilib, ulardan fikr-mulohazalarini olishlari mumkin bo‘ladi.

Eng yaxshi 5ta loyiha 10 mln so‘mdan taqdirlanadi. Mablag‘lar marketing va sotuvlar hajmini ko‘paytirish uchun sarflanishi mumkin.

G‘oliblar muvaffaqiyatli tadbirkorlar va investorlardan iborat hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi.

Tanlov joriy yilning 9-mart kuni “U-Enter” innovatsion tadbirkorlik markazida o‘tkaziladi. Manzil havolasi bu yerda.

Unda ishtirok etish uchun havola orqali 3-martgacha ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Batafsil ma’lumotlaarni bu yerda olish mumkin.


Avvalroq xotin-qizlarni tabiiy va aniq fanlarga jalb qilishga qaratilgan “Inspiring Women in Science” tanloviga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.