Markaziy bankning 2024-yil 23-fevral holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymatini 12508 so‘m etib belgilagandi.

Narxlar 21-fevralda belgilangan 12475 so‘m ko‘rsatkichdan buyon, 32,49 so‘mga qimmatladi.

22-fevral kuni “KDB Bank Uzbekistan” va “Orient Finans bank"da sotish kursi 12570 so‘mni tashkil etmoqda. Qolganlarida esa 12560 so‘mdan 12490 so‘mgacha belgilandi.

Sotib olish narxi esa 12465 so‘mdan 12400 so‘mgacha belgilandi.


2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasining rasmiy kursi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tgandi. Undan keyin Markaziy bank bu bo‘yicha izoh berdi.

Asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada, ichki valyuta bozorida so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi sur’atining biroz tezlashishi kuzatildi.