Qozog‘iston milliy banki bazaviy stavkani yillik 15,25%dan 14,75%gacha qaror qabul qildi. Bu haqda “forbes.kz” nashri xabar berdi.
“Yillik inflyatsiya yanvar oyida pasayishda davom etdi. Inflyatsiya kutilmalari uch oy ketma-ket sekinlashdi. Shu bilan birga, oylik inflyatsiya tarixiy o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori. Tashqi inflyatsiya foni betaraf rivojlanmoqda”, deyiladi regulyator press-relizda.
Qayd etilishicha, bir qator savdo hamkor mamlakatlarda inflyatsiya biroz tezlashdi va tashqi inflyatsiya bosimini biroz oshirgan.
Oziq-ovqat mahsulotlarining jahon narxlarining pasayishi davom etmoqda va bu tashqi inflyatsiya foniga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Kuchli ichki talab va inflyatsiya kutilmalari tufayli ichki iqtisodiyotda inflyatsiya bosimi saqlanib qolmoqda.
Milliy bankning qayd etishicha, hozirgi sharoitda pul-kredit siyosatini yumshatish uchun maydon sezilarli darajada cheklangan.
“Inflyatsiya omillarining joriy balansi, uning joriy (oylik) sur’atlarining dinamikasi va soliq-byudjet siyosati parametrlarining noaniqligi eng yaqin qarorlar doirasida bazaviy stavkani erishilgan darajada ushlab turishning yuqori ehtimolini belgilaydi. Iqtisodiy va fiskal islohotlarni amalga oshirish yuzasidan ma’lumotlarni to‘plash va monitoring qilish talab etiladi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq “Spot” O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavka yillik 14% darajasida o‘zgarishsiz qoldirgani haqida xabar bergandi.