“Meta” kompaniyasi rahbari Mark Sukerberg foydalanuvchi fikrini o‘qiy oladigan sun’iy intellektga ega bilaguzuk yaratishini e’lon qildi. Bu haqda “Ferra” nashri xabar berdi.
Qurilma foydalanuvchiga klaviatura yoki ovozli buyruqlardan foydalanmasdan, kompyuter bilan bevosita fikrlar orqali o‘zaro aloqada bo‘lish imkonini beradi.
“Meta” bilaguzugi matn terish kabi ma’lum bir harakatni amalga oshirish haqida o‘ylayotgan paytda miyadan qo‘lga uzatiladigan neyron signallarni yozib oladi.
Keyin bu signallar talqin qilinadi va sun’iy intellektga uzatiladi, u savolga javob berish kabi kerakli harakatlarni bajaradi.
Bilaguzukning bozorda aniq sotuvga chiqarilgan sanasi hozircha noma’lum. Biroq, “Meta” bu haqda bir necha yil ichida to‘liq e’lon qilishni va’da qilmoqda.
Avvalroq “Meta” sun’iy intellektli tasvir generatorini taqdim qilgani haqida xabar berilgandi.
Mazkur dastur foydalanuvchilarga suratlarni so‘z bilan tasvirlash yordamida yaratish imkonini beradi.
Avvalroq “Spot” “Meta” jonli efir qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan aqlli ko‘zoynaklarini namoyish etgani haqida yozgandi.
Mazkur ko‘zoynakda Facebook va Instagramda jonli translatsiyani amalga oshirish funksiyasi ham mavjud.