Qirg‘izistonning “Tez Jet” aviakompaniyasi ikkita yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekistonga aviaqatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda “O‘zaviatsiya” agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
22-fevral kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga asosan aviakompaniyaga ruxsatnoma berildi.
Muntazam aviaqatnovlar O‘sh-Toshkent-O‘sh hamda Bishkek-Toshkent-Bishkek yo‘nalishida olib boriladi.
Shuningdek, reyslar RJ-85 va MD-83 havo kemalarida amalga oshirilishi qayd etilgan.
“Tez Jet” aviakompaniyasi 2013-yilda tashkil etilgan. Kompaniya Qirg‘iziston hududi bo‘ylab yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan.
2023-yilning avgustida “Silk Avia” aviakompaniyasi dam olish mavsumi Issiqko‘lga charter reyslarni boshlagandi.
Avvalroq “O‘zaviatsiya” agentligi Turkiyaning “AJet” aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat bergandi.